Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:05

Pora olganlikda gumonlangan qarshilik professor tergov qilinmoqda


Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining professori Rahmatullo Ergashev talabalardan pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, pora beraverishdan bezib ketgan talabalardan biri bu haqda huquq idoralariga arz qilgan. Institut rahbariyati professorning hibsga olinganini tasdiqlar ekan, uch kunlik hisbdan so‘ng uning qamoqdan ozod qilingani va ayni paytda mazkur professor ustidan tergov davom etayotganini aytmoqda.

Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, 61 yashar Rahmatullo Ergashev 12 fevral kuni pora olganlikda gumonlanib, viloyat prokuraturasining soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan hibsga olindi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan institut o‘qituvchilaridan birining aytishicha, domla talabadan pora olayotgan paytda ushlangan:

“Iqtisodiyot faulteti 4-kurs bitiruvchilaridan biri muntazam pora beraverishdan bezib, departamentga arz qilgan. U yerda talabadan ariza yozdirib olishgandan so‘ng unga maxsus dorilangan pul berishgan. Domla talabadan pulni olayotgan paytda departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan”, deydi o‘qituvchilardan biri.

O‘qituvchiga ko‘ra, ayni paytda institut rahbariyati talabadan institutning boshqa sirlarini tergovda ochib qo‘ymaslikni iltimos qilmoqda:

“Yaqinginada, dekabr va yanvar oylarida Oliy ta’lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan institutimiz o‘qituvchilari attestatsiyadan o‘tkazilgan edi. Attestatsiyadan yaxshi o‘tgan edik. Ammo bu domlaning pora bilan qo‘lga tushgani institutimiz uchun minus bo‘ldi. Tergov davomida shunga o‘xshash boshqa holatlar ochilib ketmasligi uchun rektorimiz Nazirila Mahmudov o‘sha yozib bergan talabani chqairtirib, “hamma imtihonlaring besh bo‘ladi, diplom ishing ham besh bo‘ladi, o‘zim qo‘ydirib beraman, faqat sendan iltimos tergovda oshiqcha narsalarni gapirib yubormagin”, deb va’da beribdi”, dedi o‘qituvchi.

Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori professor Rahmatullo Ergashevning pora bilan qo‘lga olinganini tasdiqladi:

“Shunday voqea bo‘ldi. Lekin hozir domla ochiqqa chiqarilgan. Departamentga tergovga qatnab yuribdi deb eshitdim. Institutdagi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan”, dedi prorektor.

O‘zbekistonda oliygoh o‘qituvchilarining pora bilan hibsga olinishi holatlari ko‘p uchraydi.

Jumladan shu oyning boshida, Sirdaryo viloyatidagi Guliston Davlat universiteti pedagogika fakulьteti dekani ham talabadan 300 ming so‘m pora olayotgan paytda qo‘lga olingan edi.

Ikki yil burun esa shu universitetning prorektori pora bilan qo‘lga tushgan edi.

XS
SM
MD
LG