Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:16

OzodTa'sir: “Murod Buildings” kesilgan daraxtlar uchun tovon to‘lashini aytdi


Toshkentning Chilonzor tumanida ko‘p yillik chinorlarni kesib, o‘rniga avtomobillar turar joyi va ko‘p qavatli uy qurishni boshlagan “Murad Buildings” developerlik shirkati kesilgan har bir daraxt uchun bir necha baravar ko‘p miqdorda tovon to‘lashga tayyorligini bildirdi.

Chilonzorning 6-mavzesida azim chinorlarning kesilishi ortida “Murad Buildings” shirkati turgani haqidagi Ozodlik maqolasi bosilganidan bir kun o‘tib shirkat rahbari Murod Nazarov Facebook tarmog‘ida bayonot bilan chiqdi.

Janob Nazarov o‘z bayonotida daraxtlar kesilgan hududda "Murad Buildings" developerlik shirkati “Priority Standard” MChJ bilan hamkorlikda qurilish ishlari olib borayotganini tan oldi.

Shu hafta boshida Chilonzor tumanining 6-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar orasidagi ulkan chinorlarning kesilishi u erda yashovchi aholi noroziligiga sabab bo‘ldi.
Shu hafta boshida Chilonzor tumanining 6-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar orasidagi ulkan chinorlarning kesilishi u erda yashovchi aholi noroziligiga sabab bo‘ldi.

"Murad Buildings" rahbari Nazarov 20 fevral kungi bayonotida Chilonzorning 6-mavzesidagi qurilish olib borilayotgan hududda mavjud 182 daraxtdan 66tasini kesishga Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasidan ruhsatnoma bo‘lgani, shulardan 40tasi kesilganini ta’kidladi.

Murod Nazarov har bir kesilgan daraxt uchun bir necha baravar ko‘p miqdorda tovon to‘lashga tayyorligini aytdi.

"Priority Standard" kesgan har bir daraxt uchun ko‘p miqdorda tovon to‘laymiz", - deyiladi bayonotda.

Lekin, tovon miqdori qancha va kimga to‘lanishi haqda bayonotda aniq gap aytilmagan..

Eslatamiz shu hafta boshida Chilonzor tumanining 6-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar orasidagi ulkan chinorlarning kesilishi u yerda yashovchi aholi noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ 18 fevral kuni Chilonzor tumanida yashovchi yuzlab toshkentlik daraxtlarning noqonuniy kesilishi yuzasidan petitsiya imzolab¸ Toshkent shahar hokimiyatiga murojaat qilgan.

Petitsiyada Chilonzorning 6-mavzesida daraxtlarning kesilishi qanday normativ hujjat asosida amalga oshirilgani va qarorning kim tomonidan chiqarilgani haqida hokimiyatdan tushuntirish talab etilgan.

Hokimiyat hozircha mazkur masala borasida jamoatchilikka na yozma¸ na og‘zaki tushuntirish bergan emas.

XS
SM
MD
LG