Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:51

O‘zbekiston Ukraina mahsulotlariga qo‘shimcha import solig‘ini bekor qildi


O‘zbekiston Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qo‘shimcha import solig‘ini bekor qildi.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bu haqdagi qaror Vazirlar Mahkamasida 18 fevral kuni qabul qilingan.

Ukraina va boshqa davlat maxsulotlariga O‘zbekiston tomoni o‘tgan yilning fevralidan buyon qo‘shimcha 5-10 foizlik soliq import solig‘i solib kelayotgan edi.

Ukrainadagi voqealar tufayli G‘arb Rossiyaga qarshi kuchli sanksiyalar kiritdi keyin, Rossiya ham bunga javoban, G‘arbdan va Ukrainadan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olishni to‘xtatdi.

Rossiya sanksiyalari ortidan Ukraina O‘zbekistonga oziq-ovqat maxsulotlari eksportini ikki baravar oshirishini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG