Линклар

Floridaning sobiq gubernatori Jeb Bush Janubiy Karolinadagi praymerizdan so‘ng o‘z prezidentlik kampaniyasini to‘xtatishini bildirdi.

Shanba kungi boshlang‘ich saylovlarda Bush 8.1 foiz ovoz qozondi.

62 yoshli Jeb Bushning otasi va akasi AQShning sobiq prezidentlaridir.

AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bushning ikkinchi o‘g‘li Jeb respublikachilar partiyasidan prezidentlikka eng munosib nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgandi.

Lekin, u boshlang‘ich saylovlarda o‘z partiyadoshlaridan ortda qolib ketdi.

Hozirda milliarder Donald Tramp respublikachilar orasida yetakchilik qilmoqda.

XS
SM
MD
LG