Линклар

logo-print

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiyada o‘tkazilgan musoboqada Putinni dastaklovchi futbolkani kiygani uchun jazolangan rossiyalik futbol o‘yinchisiga ish taklif etdi.

Qodirov 21 fevral kuni Instagram orqali “Chechenistonning “Terek” futbol klubi Dmitriy Tarasovni sotib olishga tayyor”, deya bayonot berdi.

Ramzan Qodirov “Terek”ning faxriy prezidenti hisoblanadi.

O‘tgan hafta Istanbulda Turkiyaning “Fenerbaxche” va Rossiyaning “Lokomotiv” futbol jamoalari o‘yinidan keyin Dmitriy Tarasov Putinning harbiycha kiyimdagi surati tushirilgan va ostiga “eng muloyim prezident” degan yozuv yozilgan futbolkada maydonda ko‘rinish bergani uchun tanqidlariga qolgan edi.

Dmitriy Tarasov a’zosi bo‘lgan “Lokomotiv” jamoasi o‘yinda "Fenerbaxche" jamoasiga 2 -0 hisobida mag‘lub ham bo‘lgandi.

Tarasov Putin surati tushirilgan futbolkani namoyish qilgani uchun 300 ming yevrolik jarimaga tortildi va o‘yinlardan uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

UEFA qoidalariga ko‘ra, o‘yinlar davomida har qanday siyosiy bayonotlar taqiqlanadi.

Ramzan Qodirov o‘z bayonotida futbolchiga belgilangan jarimani qoplashga tayyorligini ham aytgan.

XS
SM
MD
LG