Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:14

Janubiy Karolinadagi praymerizda Tramp, Nevadada Klinton g‘olib bo‘ldi


AQSh prezidentligiga nomzodlarni saralash bo‘yicha shanba kuni Janubiy Karolina shtatida o‘tkazilgan saylovlarda respublikachilar orasida amerikalik Donald Trampni qo‘li baland keldi. Demokratlar partiyasining Nevada shtatida o‘tkazilgan quriltoyida esa AQSh sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton g‘olib bo‘ldi. Bu natijalar keyingi ovoz berishga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin, demoqda kuzatuvchilar.​

AQShning Janubiy Karolina shtatida respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlarni saralash bo‘yicha o‘tkazilgan praymerizda milliarder Donlad Tramp 33 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Tramp 33 foizga yaqin ovoz olgan. Uning raqibi senator Ted Kruz 22 foiz bilan ikkinchi bo‘lgan. Yana bir senator Marko Rubio esa 21 foiz bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Trampning navbatdagi g‘alabasi uning respublikachi nomzodlar orasidagi yetakchi mavqeini mustahkamladi.

Janjalli chiqishlari bilan tanilgan Donald Tramp bundan avval Nyu Hampshirdagi praymerizda ham g‘olib bo‘lgan.

Uning raqibi Ted Kruz esa Ayova shtatida o‘tkazilgan saylovda g‘olib bo‘lgan edi.

Nevadada Hillari Klintonni qo‘li baland keldi

Demokratik partiyaning shanba kuni Nevada shtatida bo‘lib o‘tgan qurultoyida sobiq AQSh Davlat kotibi Hillari Klintonning qo‘li baland keldi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Klinton Nevadada 52,1 foiz ovoz to‘plagan. Uning raqibi vermontlik senator Berni Sanders 47,8 foiz ovoz qozongan.

Bundan avval Ayova shtatida o‘tkazilgan saylovda Klinton va Sanders deyrli teng ovozlarni qozonishgan, Nyu Hampshirda esa Sanders g‘olib bo‘lgan edi.

Bu natijalar keyingi ovoz berishga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin, demoqda kuzatuvchilar.

Oldida esa demokratik partiya nomzodlarini Janubiy Karolina shtatida, respublikachilarni esa Nevada shtatida sinovlar kutmoqda.

Seshanba kuni respublikachi nomzodlar Nevada shtatida, demokratik nomzodlar esa Janubiy Karolina shtatida bellashishadi.

1 mart kuni bevosita saylovchilar ishtirokidagi boshlang‘ich saylovlar AQShning 12ta shatatida o‘tkaziladi.

"Superseshanba" deya atalmish ushbu saylovlar nomzodlarni aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Jeb Bush poygadan chiqdi

Floridaning sobiq gubernatori Jeb Bush Janubiy Karolinadagi praymerizdan so‘ng o‘z prezidentlik kampaniyasini to‘xtatishini bildirdi.

Shanba kungi boshlang‘ich saylovlarda Bush 8.1 foiz ovoz qozondi.

62 yoshli Jeb Bushning otasi va akasi AQShning sobiq prezidentlaridir.

AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bushning ikkinchi o‘g‘li Jeb respublikachilar partiyasidan prezidentlikka eng munosib nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgandi.

Lekin, u boshlang‘ich saylovlarda o‘z partiyadoshlaridan ortda qolib ketdi.

So‘nggi kunlarda sobiq prezident Kichik Jorj Bushning o‘z ukasini qo‘llab, saylovchilar oldidagi chiqishlari ham foyda bermadi.

XS
SM
MD
LG