Линклар

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda hech qanday to‘siqlarsiz ishlamoqda. Bu haqda Regnum agentligiga ijtimoiy tarmoqning matbuot kotibi Anastasiya Jbanova ma’lum qildi.

Avvalroq bir qator nashrlar “Odnoklassniki” sayti O‘zbekiston hukumati tomonidan to‘sib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edi. Ayrim nashrlar esa “Odnoklassniki” rasman to‘sib qo‘yilmagani, ammo tarmoqdan foydalanish o‘ta sustlashganini yozgan edi. Anastasiya Jbanova bu ma’lumotlarning barchasini “asossiz”, deya inkor qildi.

Hozirda Odnoklasniki tarmog‘ida uch milliondan ortiq o‘zbekistonlik foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

XS
SM
MD
LG