Линклар

Kievda o‘zini “Inqilobiy o‘ngchi kuchlar”, deb nomlagan harakatning mingdan ortiq a’zosi yakshanba kuni namoyish o‘tkazib, hukumat iste’fosini talab qildi.

Harakat liderlariga ko‘ra, “Inqilobiy o‘ngchi kuchlar” tarkibida millatchi “O‘ng sektor” harkati hamda Ukraina sharqida ko‘ngilli ravishda rossiyaparast isyonchilarga qarshi urushgan batalьonlar bor. Harakat liderlari hukumat kuch qo‘llamasa, mitingchilar ham kuch ishlatmasliklarini bildirdi.

Xabarlarga qaraganda, namoyishchilar Kiev markaziy maydoniga chodirlar tikib, o‘sha erda tunni o‘tkazmoqda.

Avvalroq Oliy Rada Bosh vazir Arseniy Yatsenyukni iste’foga chiqarish masalasini ovozga qo‘ygan, biroq ko‘pchilik deputatlar Bosh vazirni iste’foga chiqarishga qarshi ovoz bergan edi.

XS
SM
MD
LG