Линклар

logo-print

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 21 fevral kuni Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va mudofaa vaziri Husayn Degxon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

IRNA agentligining xabar berishicha, Shoygu Ruhoniyga prezident Vladimir Putinning maktubini topshirgan. Shoygu, shuningdek, Ruhoniyga Suriyada o‘q otishni to‘xtatish to‘g‘risidagi muzokaralar jarayoni va mintaqadagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Rossiya va Eron Suriya prezidenti Bashar Assadning asosiy himoyachilari hisoblanadi. Shoygu va Degxon 16 fevralda Moskvada uchrashgan edi. O‘sha uchrashuvda 2015 yil yanvarida Moskva va Tehron o‘rtasida imzolangan harbiy hamkorlik shartnomasini amalga oshirish masalasi muhokama qilingan. Rossiya Mudofaa vazirligining bildirishicha, Moskva Tehronga S-300 raketalarini sotish majburiyatini olgan.Tehron Rossiyadan Su-30 qiruvchi samolyotlarini sotib olish niyati borligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG