Линклар

logo-print

Suriyalik huquq faollari va hukumatga moyil nashrlar mamlakatning hukumat nazoratidagi hududlarida sodir etilgan qator portlashlarda o‘nlab odamlar halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Britaniyadagi Suriya inson huquqlari observatoriyasining 21 fevral kuni bildirishicha, Xoms shahri markazida bomba o‘rnatilgan avtomashina portlashi oqibatida tinch aholi vakillaridan 59 odam halok bo‘ldi. Oradan bir necha soat o‘tgach, poytaxt Damashq yaqinidagi Sayid Zaynab shia ziyoratgohida ham bomba o‘rnatilgan mashina portlashi oqibatida kamida 50 odam o‘ldi.

Mazkur portlashlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga oldi. Terrorchilik harakatlari AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriyada o‘q otishni to‘xtatish yuzasidan “vaqtinchalik kelishuv”ga erishilgani to‘g‘risida bayonot berganidan so‘ng sodir etildi.

XS
SM
MD
LG