Линклар

logo-print

Bugun Polshadagi Milliy xotira instituti Varshgava vaqti bilan soat 12da Internet tarmoqlariga mamlakatning sobiq prezidenti va “Solidarnost” harakati lideri Lex Valensa 1970 yillarda xavfsizlik xizmati agenti bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.

Bu haqda institut direktori Lukash Kaminskiy shanba kuni Varshavada o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida bildirdi.

Lex Valensa Bolek laqabi bilan Polьsha milliy xavfsizlik xizmati agenti bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni qat’iy tarzda inkor qildi.

Valensaning agent bo‘lgani to‘g‘risidagi hujjatlar Polshaning sobiq ichki ishlar vaziri Cheslav Kishakning uyidan topilgan. Sobiq vazir vafot etganidan so‘ng uning bevasi bu hujjatlarni sotmoqchi bo‘lgan.

73 yoshli Lex Valensa 1990-1995 yillarda Polsha prezidenti bo‘lgan. U asos solgan “Solidarnost” harakati Polshada kommunistik tuzimning ag‘darilishiga asosiy hissani qo‘shgan edi.

XS
SM
MD
LG