Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

OzodNazar: “Toshkent viloyati sobiq hokimi qo‘lga olingani aytilmoqda”


Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 4 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida ishdan olingan viloyat hokimi, militsiya generali Ahmadjon Usmonov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olingani to‘g‘risida o‘z manbalariga tayangan holda, jurnalist Abdurahmon Tashanov eshittirishning bugungi sonida xabar qildi.

Sessiyada chiqish qilgan Islom Karimov aytgan mana bu gaplardan so‘ng bugungi yangilikka hayron qolmasa ham bo‘ladi:

“A.Usmonov kadrlarni tanlash va lavozimga qo‘yishda g‘arazli maqsad bilan ish ko‘rib, asosan o‘ziga shaxsiy sadoqatda bo‘lgan, lekin zarur bilim va tajribaga, ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lmagan shaxslarni turli rahbarlik vazifalariga tayinlagan, Toshkent viloyatining o‘zida yuqori malakali kadrlar etarli bo‘lishiga qaramasdan, ba’zi bir lavozimlarga o‘zining tanish-bilishlarini olib kelish uning odatiga aylanib qolgan”, degan edi Islom Karimov.

Абдураҳмон Ташановнинг OzodNazarи:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:41 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG