Линклар

logo-print

London meri Boris Jonson Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishini qo‘llashini ma’lum qildi.

Britaniyadagi eng nufuzli siyosatchilardan biri sanaladigan Jonson Ittifoqdan chiqish tarafdorlari safida ekanini izohlay turib, Britaniya xalqi uchun bundan boshqa foydali yo‘lni ko‘rmayotgani va shu yo‘l orqali xalq mablag‘ini saqlab qolish hamda vaziyat bo‘yicha nazoratni qaytarish mumkinligi haqida gapirdi.

Bosh vazir Devid Kemeron Britaniyaning YeI tarkibida qolish yoki chiqishi bo‘yicha 23 iyun kuni referendum o‘tkazilishini e’lon qildi.

Britaniyaning YeI tarkibida qolishiga ishonch bildirgan Kemeronga ko‘ra, u o‘z davlatining Ittifoq tarkibida alohida maqomga ega bo‘lishi borasida YeIning boshqa mulozimlari bilan kelishgan.

XS
SM
MD
LG