Линклар

logo-print

Suriyada hukumat nazoratida bo‘lgan hududlarda qator portlashlar natijasida 150ga yaqin odam halok bo‘ldi.

Bu haqda suriyalik faollar va hukumatga moyil axborot nashrlari xabar qildi.

Ushbu portlashlar AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish borasida Rossiya bilan kelishuvga erishilgani haqida e’lon qilganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Londondagi Suriya inson huquqlari observatoriyasi ma’lumot berishicha, Homs shahri markazida bomba o‘rnatilgan ikkita mashinaning portlashi oqibatida tinch aholi vakillaridan 59 kishi halok bo‘lgan.

Oradan bir necha soat o‘tgach Damashqning shialar yashaydigan hududida sodir etilgan uchta portlashda kamida 87 odam halok bo‘lgani va 200 nafar odam jarohatlangani xabar qilindi.

SOHR ma’lumotiga ko‘ra, 80ta jasadning shaxsi aniqlanmagan.

Homs va Damashqdagi ushbu portlashlar uchun ma’suliyatni "Islomiy davlat" guruhi o‘z zimmasiga oldi.

XS
SM
MD
LG