Линклар

Ertaga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev rasmiy safar bilan Eronga boradi.

Bu haqda kecha Eron kommunikatsiya va axborotlashtirish texnologiyalari vaziri Mahmud Vaeziy Ozarbayjon iqtisodiyot va industriya vaziri Shahin Mustafaev bilan Tehronda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

Alievning Tehronga tashrifi chog‘ida Eron rasmiylari bilan uchrashib, jami 11 ta kelishuv imzolanishi kutilayapti.

Ilhom Aliev Eronga qilgan o‘tgan yilgi tashrifi payti Eron Oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan uchrashgan edi.

80 millionlik Eron aholisining 16-25 foizini etnik ozarbayjonlar tashkil qilishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG