Линклар

Bu yil “Yevronigoh” xalqaro tanlovida Ukrainani qrim-tatar millatiga mansub Jamala tamsil etadi.

32 yashar qo‘shqchi Jamala tanlovda“1944” deb nomlangan qo‘shig‘i bilan ishtirok etadi.

Qo‘shiq so‘zlari inglizcha, naqorati esa qrim tatarcha bo‘lgan kompozitsiyada 1944 yil mayida 250 ming chog‘li qrim tatari sovet diktatori Iosif Stalin tomonidan ommaviy ravishda O‘rta Osiyoga badarg‘a qilingan qrim-tatarlarining azob-uqubatlari kuylanadi.

“1944” kompozitsiyasini eshitgan Jamalaning millatdoshlari ijtimoiy tarmoqlarda bu qo‘shiq bugungi kunda yarimorolda Rossiya rasmiylari tomonidan qrim tatarlari haqlarining toptalishini ham aks ettirganini yozmoqdalar. Bu fikrga Jamala ham qo‘shiladi.

Asli ismi Susana Jamaladinova bo‘lgan qo‘shiqchi 1983 yili Qirg‘izistonda tug‘ilgan. U bolaligidan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan. Ajdodlari badarg‘a qilingan Qirg‘izistondan oilasi bilan vatanga - Qrimga ko‘chib kelgan Jamala avval Simferopol musiqa bilim yurtida, keyin esa Kiev Milliy musiqa akademiyasida opera qo‘shiqchiligi bo‘yicha tahsil olgan.

XS
SM
MD
LG