Линклар

O‘zbekiston bolalar ovqatlarida genetik modifikatsiyalangan, ya’ni gen xujayralari o‘zgartirilgan o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlarini ishlatishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.

Bu borada “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritilishi kutilayapti.

Shuningdek, gen xujayralari o‘zgartirilgan o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatish ham taqiqlanishi rejalangan.

Genetik modifikatsiyalangan soya, makkajo‘xori va shu kabi boshqa o‘simliklar birinchi marta 1996 yilda AQShda tijorat maqsadlarida o‘stirilganidan beri ulardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilinib kelmoqda.

Genetik modifikatsiyalangan o‘simliklar xavfsizligi aksariyat davlatlarda bioxavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan idoralar tomonidan nazorat qilinadi.

Ayrim mutaxassislar, genetik modifikatsiyalangan o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlar inson salomatligi va atrof-muhitga zararli ekanini ta’kidlab keladilar.

XS
SM
MD
LG