Линклар

logo-print

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 20-21 fevral kunlari taekvando bo‘yicha o‘tgan Olimpiada oldi testr turnirida o‘zbekistonlik Aleksandr Shokin 87 kilodan yuqori vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mazkur test turnirida joriy yilda Braziliyada o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan dunyoning eng kuchli 8 taekvandochisi va mezbon sifatida braziliyalik sportchilar ishtirok etgan. Dmitriy Shokin ularning barchasini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Dmitriy Shokin 2015 yilda Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgan taekvando bo‘yicha jahon chempionatida Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. Shokin O‘zbekiston tarixida taekvando bo‘yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG