Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:06

Toshkentga viloyatdan kelganlar mulk sotib olish huquqidan mahrum qilindi


Toshkentda ko‘chmas mulk va avtomashina sotish bo‘yicha auksionlarda bundan buyon faqat Toshkent shahri va viloyatida propiskasi bo‘lgan shaxslargina ishtirok eta oladi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bu borada 10 fevral kuni avtotransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga mana shunday o‘zgartirish kiritgani to‘g‘risida dushanba kuni Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati xabar berdi.

Toshkentda viloyatlardan kelgan 12 kategoriyadagi fuqarolargina propiska bo‘lish huquqiga ega va bu kategoriyalar qonunda belgilab qo‘yilgan. Mazkur toifalarga kirmaydigan fuqarolarga esa Toshkentda faqat vaqtinchalik yashash huquqi beriladi.

XS
SM
MD
LG