Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:16

Qirg‘iz jurnalisti ichki ishlar vaziri ko‘rsatmasi bilan kaltaklanganini iddao qildi


Qirg‘izistonlik jurnalist Turat Akimov 20 fevral kuni o‘ziga nisbatan noma’lum shaxslar tomonidan qilingan hujum ortida Ichki ishlar vaziri turgani to‘g‘risida bayonot berdi. Jurnalist o‘z ayblovini tushuntirgani yoki sharhlagani yo‘q. Ayni paytda Turat Akimov o‘zi va yaqinlariga biror tahdid bo‘lsa ichki ishlar vazirining yordamchisi bilan qilgan suhbati e’lon qilinishidan ogohlantirdi.

“Dengi i vlast” gazetasi bosh muharriri Turat Akimovning 22 fevral kuni bergan bu bayonotini Ichki ishlar vazirligi asosiz va kurakda turmaydigan ayblov sifatida baholadi.

Prezident Almazbek Atambaev jurnalistga hujum qilingani yuzasidan tergovni shaxsan o‘z nazoratiga olgan.

XS
SM
MD
LG