Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:51

Tojikistonda islomchilar videosiga "klass" bosganlar so‘roq qilindi


Tojikistonning Yavon tumanida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan islomchilar videosiga “klass” bosgan 14 kishi huquq-tartibot tuzilmalari tomonidan so‘roq qilindi.

Tuman hokimiyati dushanba kuni mazkur video “Islomiy davlat” guruhiga qo‘shilish chaqirig‘i bo‘lgani uchun videoni yoqtirgan shaxslar so‘roq qilinganini bildirdi. Hokimiyat rasmiysining bildirishicha, 10 kishi so‘roqdan so‘ng ozod qilingan, 4 kishi esa hibsda saqlanmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Iroq va Suriyada janggari guruhlar saflarida kamida ming nafar tojikistonlik jang qilmoqda. Hukumat janggarilar o‘z saflariga borgan sari ko‘proq yoshlarni jalb qilayotganidan tashvish bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG