Линклар

logo-print

Eron hukumat nashrlari britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdining boshi uchun beriladigan mukofot miqdori yana 600 ming dollarga oshirilganini ma’lum qildi.

1989 yilda Salmon Rushdi “Iblis she’rlari” kitobini nashr qilganidan so‘ng Eron Oliy ruhoniysi Oyatulloh Homeyniy musulmonlar yozuvchini qatl etishi shartligi to‘g‘risida fatvo bergan edi. O‘shandan beri Salmon Rushdi yashirinib yurishga majbur bo‘lmoqda.

Dastlab Rushdining boshini olib kelganlarga 2 million 700 ming dollar mukofot va’da qilingan. 2012 yilda mukofot miqdori 3 million 300 ming dollar qilib beliglangan edi. Bugunga kelib esa Rushdining boshi uchun 3 million 900 ming dollar taklif qilinmoqda.

Mukofot puli Erondagi diniy tashkilotlar va hukumat nashrlari ajratgan to‘lovlardan tashkil etilgan.

XS
SM
MD
LG