Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:43

Rossiya muxolifati Ramzon Qodirovni xususiy armiya tashkil qilganlikda ayblamoqda


Rossiya muxolifati Checheniston prezidenti Ramzon Qodirovni 3 ming kishilik hususiy armiya tashkil qilishda ayblamoqda. Bu haqda muxolifat e’lon qilishi kutilayotgan hisobotga tayangan holda axborot agentliklari xabar tarqatdi.

Muxolifatga ko‘ra, Qodirovning shaxsiy armiyaga ega bo‘lishi milliy xavfsizlik uchun katta tahdiddir.

Mazkur hisobot “Parnas” Rossiya xalq ozodlik partiyasi lideri Ilya Yashin tomonidan 23 fevral kuni e’lon qilishi kutilmoqda. Bu hisobotning bir parchasini New Times jurnali dushanba kuni chop qilgan.

Hisobotda Qodirov armiyasi Ukraina sharqidagi janglarda ishtirok etayotgani hamda qodirovchilar butun Rossiya bo‘ylab jinoiy harakatlarga aloqadorligi qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG