Линклар

Qo‘shma Shtatlar va Rossiya Suriyadagi harbiy harakatlarini to‘xtatish rejasini e’lon qildi. Bu reja 27 fevral kuni yarim tunda kuchga kiradi.

22 fevral kuni AQSh va Rossiya e’lon qilgan qo‘shma bayonotda mazkur reja IShIDga, Al Qoidaga, An Nusra jabhasi va boshqa terrorchi tashkilotlarga qarshi olib borilayotgan jangovar harakatlarga taaluqli emas.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu kelishuv “Suriyadagi qon to‘qilishini to‘xtatish bo‘yicha real qadam” bo‘lishiga umid bildirdi. Oq uy esa bu juda qiyin jarayon bo‘lishini, biroq urushni to‘xtatish uchun “qulay sharoit” yaratishi mumkinligini ta’kidladi.

12 fevralda Myunxenda Rossiya va AQSh Suriyada 19 fevraldan harbiy amaliyotlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi. Biroq bu kelishuv amalga tadbiq etilmasdan qolgan edi.

XS
SM
MD
LG