Линклар

logo-print

Bir qator Internet nashrlari O‘zbekiston hukumatining “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgarishlar kiritish haqidagi qarori e’lon qilinganini xabar qilmoqda.

Kiritilajak o‘zgartishlardan biri mamlakatga xorijdan borayotgan kuryerlik jo‘natmalarini kuch-ishlatar tuzilmalari tezkor-qidiruv bo‘linmalari xodimlarining tekshirishiga ruxsat berish ekani aytilmoqda.

Dushanba kuni mahalliy matbuotda e’lon qilingan qarorga ko‘ra, hozirda bu kabi o‘zgartishlar haqidagi qonun loyihasi tasdiqlangan.

Ayni paytda amalda bo‘lgan “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi 2012 yilgi qonunga binoan tezkor-qidiruv faoliyati doirasida faqat pochta jo‘natmalarini tekshirishga ruxsat berilgan.

Ammo, rasmiy ma’lumotlarda shu kunda mamlakatga xorijdan kirayotgan jo‘natmalarning 85 foizini jismoniy shaxslar yoki xususiy shirkatlarga tegishli bo‘lgan kuryerlik jo‘natmalari takshil qilayotgani aytilmoqda. Pochta jo‘natmalarining hajmi esa yildan-yilga kamayib bormoqda.

Jumladan, Sputniknews-uz.com sayti O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan: “Kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirishlar, internet orqali faoliyat yuritayotgan jinoiy guruhlar faoliyatini oldini olishga yordam berishi kerak”, degan iqtibosni keltirdi.

Bundan tashqari, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston IIVsi mamlakatga xorijdan yuborilgan 50 mingdan ortiq ekstremistik materiallarni chegarada ushlab qolgani qayd etilgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston hukumati navbatdagi qarori bilan kuch ishlatar tuzilmalari operativ-qidiruv bo‘linmalariga kurьerlik jo‘natmalarini tekshirish haqqini berish orqali bir tarafdan ekstremistik materiallarni to‘xtatib qolishni ko‘zlayotgani, ikkinchi tarafdan yildan-yilga hajmi oshib borayotgan Internet orqali noqonuniy savdo oqimini nazorat qilish niyatini ta’kidlamoqda.

Xabarlarda aytilishicha, hozir O‘zbekistonda 30 ta pochta-kuryer xizmatlari ko‘rsatuvchi shirkatlar ro‘yxatdan o‘tgan va bu shirkatlar orqali mamlakatga kirib kelgan tovarlar hajmi so‘nggi bir yil ichida 20 — 50 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

XS
SM
MD
LG