Линклар

logo-print

O‘zbekiston Senatida Bosh prokuratura faoliyatini nazorat qiladigan maxsus komssiya tuzildi.

Senat rasmiy saytida xabar qilinishicha, 15 kishidan iborat komissiya prokuratura organlari ustidan parlament nazoratini o‘rnatadi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan qabul qilingan qo‘shma qarorga binoan, komissiya a’zolari senatorlar orasidan saylanadi va ular respublikaning barcha viloyatlarini taqdim qiladi. Komissiya ikki yilda bir marta Senatda hisobot beradi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan 2015 yilning 8 dekabr kuni so‘zlagan nutqida prezident Islom Karimov prokuratura organlarini qattiq tanqid qilgan va 2015 yilning 9 oyi ichida prokuratura, Bosh prokuratura xodimlari ustidan 426 ta shikoyat tushganini aytgan edi.

"Shu bois, Oliy Majlis Senati qisqa muddat ichida aslida prokuraturaning faoliyati qonuniyligi va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishi lozim", deb ta’kidlagan edi prezident.

O‘zbekiston prezidentining bu nutqi ortidan O‘zbekiston IIV, MXX, sud va prokuratura organlarida jiddiy islohotlar boshlanishi kutilayotgan edi.

XS
SM
MD
LG