Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:51

Kobulda Toliblar bilan so‘zlashuv muddati belgilanmoqda


To‘rt davlat - Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy va AQShdan borgan diplomatlar Toliblar bilan kobullik muzokarachilar o‘rtasida yuzma-yuz so‘zlashuvlar muddatini belgilash niyatida muzokara boshladi.

To‘rtinchi bor uchrashayotgan diplomatlar Toliblar bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazish shartlarini muhokama qilmoqda.

Afg‘oniston hukumati ijroiya raisi Abdulla Abdullaning matbuot kotibi muovini Javid Faysal muzokarachilar Toliblar bilan so‘zlashuv muddatini fevral oyi oxiriga qadar e’lon qilishini aytmoqda.

6 fevral kuni Islomobodda o‘tgan so‘nggi muzokaralarda ham to‘rt davlat diplomatlari tinchlik muzokaralarini qayta tiklash yo‘lidagi bu so‘zlashuvlar muddati fevral oxirigacha ma’lum bo‘lishi mumkinligini aytgan edilar.

Tinchlik muzokaralari 2015 yilning yozida Toliblar yetakchisi mulla Umarning o‘limi ma’lum bo‘lgach, to‘xtab qolgan.

XS
SM
MD
LG