Линклар

Rossiya Xalq ozodligi partiyasi - Parnas muxolif partiyasi Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov faoliyati haqidagi tanqidiy hisobotni e’lon qildi.

Hisobotda Qodirov o‘z tegrasida Rossiya xavfsizligiga tahdid soluvchi qariyb 30 ming kishilik kuchli "xos armiya"ni tuzib olgani aytilgan.

23 fevral kuni Moskvada o‘tgan taqdimot marosimida Parnas partiyasi yetakchisi Ilya Yashin Qodirov hukumatini "korrupsiyalashgan, Rossiya va Chechenistonga tahdid soluvchi rejim", deb ta’rifladi.

Matbuot anjumani oldidan binoga bomba o‘rnatilgani haqida yolg‘on axborot paydo bo‘ldi va politsiya uning o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatdi. Ammo, shunga qaramay muxolifatchilar hisobotni taqdim qildilar.

65 sahifali hisobotga munosabat bildirgan Ramzan Qodirov uni "quruq gapdan boshqa narsa emas", deb baholadi.

Hisobotda, shuningdek, Ramzan Qodirov Chechenistonda "o‘z halifaligini o‘rnatgan, hashamdor hayotda kayfini surayotgan, shariat qonunlarini Rossiya qonunlaridan ustun qo‘ygan va o‘z harbiy qudratini tiklayotgan" bir rahbar sifatida ta’riflangan.

XS
SM
MD
LG