Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 22:12

Pentagon Guantanamo qamog‘ini yopish rejasini Kongressga taqdim qiladi


Seshanba kuni Pentagon rahbariyati AQSh Kongressiga Guantanamo qamoqxonasini yopish bo‘yicha anchadan buyon kutilayotgan hisobotni taqdim qiladi.

Hisobotni topshirish muddati 23 fevralga belgilangan va Pentagon matbuot kotibi kapitan Jeff Devis uning o‘z muddatida taqdim etilishini aytmoqda.

Qamoqxona 2002 yilda o‘sha paytdagi prezident Jorj Bush tomonidan Afg‘onistondagi urush vaqtida asr olingan mahkumlarni saqlash uchun ochilgan.

Bu yerdagi mahkumlar AQSh fuqarolariga berilgan ko‘plab huquqlardan mahrum etilgan va ko‘pchiligi ayblovsiz, hukmsiz hibsda saqlangan.

Prezident Obama Oq Uyga kelganidan buyon bu qamoqxonani yopishini aytib keladi, ammo Kongress vakillari bunga qarshilik qilmoqda.

780 mahbus saqlangan qamoqxonada hozirga kelib 91 mahkum qolgan. Bulardan 50 nafari o‘ta xavfli jinoyatchi hisoblanadi. Qamoqxona yopilgan taqdirda Obama bu mahbuslarning AQSh hududidagi boshqa qamoqxonalarga o‘tkazilishini ta’minlashi lozim.

Hisobotda xavfli mahbuslarni boshqa qamoqxonalarga ko‘chirish va saqlash rejasi hamda bu rejaning qiymati batafsil ko‘rsatilgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG