Линклар

Toshkentda 12-yo‘nalishda Boshliq-Qo‘yliq oralig‘ida qatnaydigan Mercedes-Benz rusumidagi yo‘lovchi tashuvchi avtobus yonib ketdi.

Facebook tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhida berilgan xabarlarga ko‘ra, yo‘lovchilar vaqtida avtobusni tark etgan va qurbonlar yo‘q.

Keyingi yillarda Toshkentda qatnayotgan Mercedes-Benz Low Floor avtobuslari yonib ketish hollari ko‘paymoqda. So‘nggi ikki yil ichida kamida 10 ta avtobus motor qismidagi nosozlik bois, qisman yoki to‘liq yonib ketgani qayd etildi.

XS
SM
MD
LG