Линклар

Belorus hibsxonasida 8 oydan ortiq saqlangan tojikistonlik muxolifat faoli Shabnam Xudoydodova ozod etildi.

Minskdagi "Vesna" huquq himoyachilari guruhining xabar qilishicha, Xudoydodova 22 fevral kuni qochqinlik maqomini olganidan so‘ng ozod qilingan.

Bu ayol 2015 yilning 15 iyunida Rossiyadan Belorusga kirayotganida qo‘lga olingan edi. Iyul oyida Yevropa Ittifoqi rasmiylari Minsk rahbariyatini muxolifatchi ayolni Tojikistonga ekstraditsiya qilmaslikka chaqirgan.

Dushanbe 29 yoshli muxolifatchini bir qator ayblovlar bilan ayblagan. Bu ayol xorijdagi tojikistonliklar tuzgan "24 guruhi" muxolifat harakatining a’zosidir. Bu guruh Tojikistonda ekstremist guruh sifatida taqiqlangan.

Guruh yetakchisi Umarali Quvvatov 2015 yilning 5 martida Turkiyada otib ketilgan edi.

XS
SM
MD
LG