Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:17

Rassom Omon Aziz: Nodonlardan qochib Amerikaga kelgandim


AQShda istiqomat qilayotgan taniqli o‘zbek rassomi Omon Aziz
AQShda istiqomat qilayotgan taniqli o‘zbek rassomi Omon Aziz

O‘zbekistonlik taniqli qandakor rassom 74 yashar Omon Aziz Ozodlikka ilk bora suhbat berdi. Rassom 23 yildan beri AQShda istiqomat qiladi. O‘zbekistonda siyosiy ta’qibga uchragan rassom 1993 yil mamlakatni tark etib AQShni istiqomatgoh sifatida tanladi.

SSSR davrida Omon Azizovning Toshkentdagi ustaxonasi Rauf Parfi¸ Muhammad Solih¸ Hurshid Davron¸ Usmon Azim kabi dissident shoirlar uchun munozara klubi vazifasini o‘tagan edi.

Rasomning o‘zi esa antisovet g‘oyalar targ‘ibotchisi sifatida KGB (Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi) qora ro‘yxatida edi.

1991 yilda O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin ham Omon Aziz ro‘shnolik ko‘rmadi.

Rassom AQShga kelishidan oldin olti yil davomida O‘zbekistonda “istalmagan shaxs” maqomida yashadi. Uni ishga olishmadi¸ asarlari ko‘rgazmaga qo‘yilmadi¸ buyurtmalar bekor qilindi.

Men nodonlardan qochib Amerikaga keldim¸ ammo nodonlar mendan ham oldin Amerikaga kelib olishgan ekan. Bu yerdagi o‘zbek jamoasi meni qo‘llab-quvatlamadi”, deydi Ozodlik bilan suhbatda Sovet Ittifoqi rassomlar uyushmasi a’zosi¸ O‘zbekistonda misga tasvir ishlash bo‘yicha novator g‘oyalar sohibi Omon Aziz.

O‘tgan 23 yil mobaynida rassom o‘z hamyurtlari bilan aloqani uzgan holda tanho yashadi.

Tirikchiligini Nyu-York Markaziy istirohat bog‘ida portret chizib o‘tkazadigan rassom Omon Aziz yaqinda smartfon sotib olib, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ulangach, o‘zining eski do‘stlari bilan aloqani tikladi.

- Men zamonaviy texnologiyadan uzoq odamman. 23 yil tanho¸ ammo Olloh zikri bilan yashadim. Yaqinda smartfon olib bir vaqtlar hamfikr bo‘lgan do‘stlarim bilan robitani tikladim. Shoir va siyosatchi do‘stim Muhammad Solih bilan suhbatlashdim. U AQShga kelib meni qidirib topa olmay ketgan ekan. Nihoyat telefonda gaplashdim¸ - deydi Omon Aziz.

Рассом Омон Азиз билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:52 0:00
Бевосита линк

Muxolifat arbobi va shoir Muhammad Solih o‘zining eski qadrdoni Omon Aziz haqida iliq gaplarni aytadi.

- Omon Azizni Facebookda topdim va uzoq gaplashdim. Omon Aziz eski qadrdonim. Yetmishinchi yillar boshida bizning to‘planadigan joyimiz kandakor Omon Azizning Chilonzordagi yerto‘lasi edi. Bu ustaxonada Omon Aziz bilan Sobirjon, degan haykaltarosh yigit ishlardi. Davra uncha keng emasdi, gurunglarda doim rassom Isfandiyor, doim rahmatli Shuhrat Abdurashid, doim olim Begjon Toshmuhammad, albatta Rauf Parfi, ba’zan boshqalar hozir edilar. Bir kuni fojea yuz berdi va Sobirjon yerto‘lada o‘zini osib qo‘ydi, Olloh rahmat qilsin. Bu voqeadan so‘ng Omon Aziz Rustavelli ko‘chasidan boshqa yerto‘la topdi va majlisimiz o‘sha yerga ko‘chdi.

Omon Azizning yerto‘lasida suhbat, asosan, adabiyot va san’at haqida, ya’ni, bizning hayotimiz atrofida qurilardi. O‘sha paytda taqiqlangan dissidentlarning kitoblarini o‘qir edik. Boltiqbo‘yidan ijodkorlar ham kelsa Omon Azizning ustaxonasiga kelar edi¸- deb eslaydi Muhammad Solih.

Omon Azizning ustaxonasida bastakor Anor yoki biolog olim akademik Begjon Toshmuhammadni ham uchratish mumkin edi.

Ozodlik bilan suhbatda akademik Begjon Toshmuhammad o‘z do‘sti Omon Azizni sog‘inganini aytadi:

- Omon Aziz kelsin endi O‘zbekistonga! Rosa sog‘indik uni. Omon Aziz ulkan rassom va eng muhimi, doimo o‘z mustaqil fikriga ega shaxsdir. Hozir ham shunday. Omon Aziz rassomlar qurultoyida qo‘rqmasdan rahbarlarni va o‘sha payt tuzumini tanqid qilgani uchun tazyiqqa uchradi. Shunday do‘stim borligidan fahrlanaman, - deydi akademik.

Rassom Omon Aziz haqidagi lavha Ozodlikning “Turkiston rassomlari” ruknida e’lon qilinadi.

Bu rukn qaxramonlariga bergan savolimizni u kishiga ham berdik: "Bugungi O‘zbekiston tasvirini qanday chizgan bo‘lardingiz?"

- Bugungi O‘zbekiston rasmini chiza olmayman. Men moziy oshig‘iman. Toshkentdagi ustaxonam eshigiga yozilgan yozuv ko‘p narsani anglatadi. Alisher Navoiyga oid bu misralar menga hamroh. "Parvonani ishq aylamasa mast¸ urg‘aymu o‘zini o‘tqa payvast". Men nur oshig‘i bo‘ldim va shu bois, qiyinchilik ko‘rdim. Men o‘z hasratimni Muqimiy dardi bilan uyqash ekanini ko‘raman. “Mulki Hindu diyoridin kelsam topardim e’tibor. Shul erur aybim Muqimiy mardumiy Farg‘onaman.

XS
SM
MD
LG