Линклар

logo-print

Malaxov o‘zbek Jimmisini hind Jimmisi bilan uchrashtirmoqchi


O‘zbek Jimmisi Bobomurod hind Jimmisi Mithun Chakroborti bilan uchrashmoqchi.

O‘zbek Jimmisi Bobomurod hind Jimmisi Mithun Chakroborti bilan uchrashmoqchi.

Bollivudning “Disko raqqosi” filmidagi bosh qahramon Jimmi rolini ijro etgan taniqli hind kinoaktyori Mithun Chakroborti shu filmdagi qo‘shiqni aytib shuhrat topgan o‘zbek Jimmisi Boymurod Olloberdiev bilan uchrashish uchun Moskvaga kelmoqchi.

Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek Jimmisi bu uchrashuvni Rossiya Birinchi telekanalidagi “Pust govoryat” ko‘rsatuvi boshlovchisi Andrey Malaxov tashkillashtirayotganini aytadi.

66 yashar Mithun Chakroborti avgust oyida Moskvaga kelib¸ Malaxovning ko‘rsatuvida yillar o‘tib¸ tomoshabin esidan chiqayozgan “Disko raqqosi” filmini qayta tiriltirgan o‘zbek Jimmisi bilan uchrashadi.

Bu tarixiy uchrashuvga hozirlik barobarida Jimmi-Boymurod o‘zining ijod bilan mashg‘ulligi¸ kinoda tushish¸ shuningdek¸ yangi qo‘shiqlar ustida aytayotganini aytadi:

- Sankt-Peterburgdaman. Asia Foundation degan studiya bilan besh yillik kontrakt tuzganman. 23 fevral¸ 8 mart bayramiga oldindan band qilib qo‘yishgan. Mart oyida O‘zbekistonga borishim mumkin Navro‘zga¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda yangi qo‘shiqlaridan xirgoyi qilgan Boymurod.

Ham erkak, ham ayol ovozida, paqir va tog‘ora chalib qoyilmaqom aytilgan hind qo‘shiqlari Youtube portaliga qo‘yilgach Boymurod Rossiyada “o‘zbek Jimmisi”¸ “tojik Jimmisi” sifatida tanildi.

O‘zbekning laqay urug‘idan bo‘lgan Boymurod asli Tojikistonning Panj tumanidan va 2008 yilda mehnat muhojiri bo‘lib Rossiyaga kelgan¸ Moskva viloyatidagi savdo markazida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan.

Ish beruvchi arman yigit Boymurodning hindcha ashulasini Youtubega qo‘yishi ortidan uning taqdiri tubdan o‘zgardi va bugunga kelib u markaziy osiyolik muhojirlar orasidagi yulduzga aylanish barobarida Rossiya korporativkalarining kunda-shundasiga aylandi.

Boymurod Olloberdiev bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG