Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:56

Qirg‘izistondagi madrasalarning ko‘pchiligi litsenziyasidan mahrum bo‘ladi


Mamlakatdagi 101 madrasa mudarrislarining qanchasi tekshiruvdan o‘ta olishi noma’lum, lekin deyarli barcha diniy o‘quv yurtlari direktorlari ta’lim berish litsenziyasidan mahrum etilishi aniq. Ma’lum bo‘lishicha, bosh mudarrislarning aksar ko‘pchiligi oliy ma’lumotsiz bo‘lgani bois ta’lim berishga loyiq emas, deb topilgan. Qirg‘izistonda diniy ta’lim sohasi ustidan nazoratning kuchaytirilishi mamlakatda diniy radikallashuv avj olayotgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Qirg‘izistondagi deyarli barcha madrasalar direktorlari 2016 yilda litsenziyalaridan mahrum etiladi. Mazkur qaror birorta bosh mudarrisning din bo‘yicha oliy ma’lumoti yo‘qligi bilan izohlanmoqda.

Qirg‘iziston Diniy attestatsiya qo‘mitasi raisi Abdulla Asronqulovning Ozodlikka aytishicha, mamlakatdagi madrasalardan 92 foizining bosh mudarrisllari diniy ta’lim berish huquqidan mahrum etiladi. Qo‘mita raisi 23 fevral kungi suhbat chog‘ida mazkur qaror 2014 yilda joriy etilgan me’yoriy qoidalar asosida qabul qilinganini bildirdi.

Asronqulovning yana aytishicha, Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston bosh muftiysiga universitet darajasidagi yoki boshqa tan olingan diniy oliygohlardan diplomalari bo‘lmagan madrasa rahbarlarini vazifalaridan chetlatishni tavsiya etishi ko‘zda tutilmoqda.

Qirg‘izistondagi 101ta madrasadan 72tasi o‘z mudarrislarini attestatsiyadan o‘tkazishga ro‘yxatdan o‘tkazdi. Attestatsiya 24 fevral kuni o‘tkazilishi belgilangan.

2014 yilda joriy etilgan me’yoriy choralarga binoan mamlakatdagi barcha madrasalar mudarrislarining muntazam ravishda davlat attestatsiyasidan o‘tishi talab qilinadi. Bundan maqsad madrasalarda ekstremistik g‘oyalar o‘qitilishining oldini olish va islomiy o‘quv yurtlaridagi ta’lim jarayonini tartibga solishdan iboratdir.

Hozircha attestatsiyadan mudarrislarining qanchasi o‘tishi mumkinligiga doir taxminlar yo‘q.

2012 yilda Qirg‘iziston xavfsizlik idoralari mamlakatning oliy diniy idorasi – Muftiyatni qirg‘iz bolalarini noqonuniy tarzda Bangladeshdagi diniy maktablarga o‘qishga jo‘natganlikda ayblagan edi. Rasmiylarga ko‘ra, Bangladeshdagi kulbalarda bolalarga Tablig‘i Jamaat harakatining ekstremistik g‘oyalari o‘qitilgan.

Qirg‘iziston hukumatining diniy maktablar ustidan nazoratni kuchaytirish urinishlari mamlakat bo‘ylab diniy radikallashuv kuchayayotgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Keyingi oylarda qirg‘iz xavfsizlik idoralari amalga oshirgan aksilterror operatsiyalari natijasida islomiy ekstremizmga aloqador, deb ko‘rilgan bir necha shaxs o‘ldirildi yoki qo‘lga olindi.

O‘tgan yilning iyul-oktyabr oylarida qamoqqa hukum etilgan va turmadan qochishga muvaffaq bo‘lgan islomchilarni qo‘lga olish amaliyotlari paytida ularning bir necha nafari hamda kamida to‘rt militsiyachi va qamoqxona noziri o‘ldirilgan edi.

Qirg‘iziston rasmiylari Yaqin Sharqda “Islomiy davlat” ekstremist guruhi saflarida yuzlab qirg‘izitonlik yoshlar jang qilayotgani borasida ham xavotir bildirib keladi.

O‘tgan oy o‘rtalarida Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi 2015 yilda Suriya va Iroqdagi janglarda Isloimy jangarilar safidagi 30 qirg‘izistonlik halok bo‘lganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG