Линклар

Beshariqlik dehqon va usta Qahramon Imonchaev O‘zbekiston prezidentining davlat telekanallari orqali qayta-qayta namoyish etiladigan chiroyli gaplariga chippa-chindan ishongan sodda o‘zbeklardan. U prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashmoqda¸ adolatli jamiyat qurmoqda¸ deb ishonib¸ prezident “yo‘li”dan yurishga qaror qilganu¸ baloga qolgan.

Bir farzandi tug‘ilishi bilan¸ ikkinchisi tug‘ilmay turib beshariqlik vrachlar aybi bilan nobud bo‘lganini aytaëtgan Qahramonning uchinchi farzandi ham dardman tug‘ilgan.

Noto‘g‘ri tashxis qo‘yib¸ noto‘g‘ri davolash ortidan chaqaloq og‘ir ahvolda Beshariq kasalxonasidan Farg‘onadagi maxsus kasalxonaga olib kelinadi. Bu erda 90 kun yotib¸ o‘ziga kelar-kelmas¸ uyiga chiqarib yuboriladi.

-Beshariq sog‘liqni saqlash tizimidagilar so‘ragan pullariyu aytgan dorilarini yetkizib berganimga qaramay¸ bolamga qaramadilar¸ uni o‘lar holatga yetkizdilar. Shundan so‘ng bularning kirdikorlarini fosh qilish uchun huquq tizimlariga murojaat qildim¸ o‘zim ham shaxsiy surishtiruvlarimni boshladim¸ deydi Qahramon.

Ammo bir guruh savodsiz va poraxo‘r vrachlar deb tushunganim bu odamlar orqasida prezident apparatiga qadar bo‘lgan bo‘g‘inlarda o‘tirgan o‘nlab odamlar manfaati bor ekan va men o‘zim bilmay turib davlat nomidan ish ko‘rayotgan katta mafiya to‘dasiga qarshi chiqibman¸ deydi Qahramon Ozodlikka.

Unga ko‘ra¸ Beshariq sog‘liqni saqlash tizimidagi poraxo‘rlik va jinoyatlarga bu tizimni nazorat qilish uchun qo‘yilgan prokuratura va MXX xodimlari ham sherik bo‘lgani bois¸ ular bu jinoyatlarni bosdi-bosdi qilish harakatiga tushgan.

Oqibatda¸ men yozgan arizani na prokuratura¸ na MXX qabul qilmayapti¸ aksincha¸ mening o‘zimni tuhmatchiga chiqarib¸ hech bir asossiz sudga olib ketib¸ sudlab¸ jarimaga tortishdi¸ deydi Qahramon.

-Prokuratura¸ MXXning asosiy vazifasi korrupsiyaga qarshi kurash emasmi? Prezident ulardan shuni so‘ramayaptimi? Men ular qilishi kerak ishlarni qilib¸ jinoiy to‘da kirdikorlarini dalil-isbot bilan taqdim etsam¸ ular bu yerda jinoyat alomati yo‘q¸ degan bahona bilan uni yo‘qqa chiqarayapti. Prezident aytaëtgan adolat qani bu davlatda? deydi beshariqlik dehqon Ozodlik bilan suhbatda.

Adolat izlab butun sistemani qarshisiga olgan beshariqlik Qahramon Imonchaev bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG