Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:45

Yashin: Qodirov - Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid


Ilya Yashinning chiqishiga muntazam halaqit berib turishdi
Ilya Yashinning chiqishiga muntazam halaqit berib turishdi

Moskvada rus muxolifati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qoralovchi hisobotni e’lon qildi. Bir necha marta bomba tahdidi bahonalari, politsiya sirenalari va shunchaki bezorilar tarafidan buzish harakati bo‘lgan matbuot anjumanida taqdim etilgan hisobot muallifi Ilya Yashin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Qodirovni iste’foga chiqarishga chaqirdi.

Matbuot anjumani o‘tkazilayotgan paytda politsiyachilar bostirib kirib, binoda bomba borligi to‘g‘risida xabar tushgani bois hammani evakuatsiya qilish kerakligini aytganlarida Yashin qo‘lidagi hisobotni jurnalistlarga ko‘rsatib, “bu binodagi bomba mana shu”, deya murojaat qildi.

"Қодиров бутун республикани ўз мулки деб билади"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:46 0:00

“Hisobotimning yagona maqsadi Rossiya jamoatchiligi e’tiborini vujudga kelgan vaziyatga qaratish va Ramzan Qodirovning Checheniston yetakchisi sifatida darhol iste’foga ketishini talab qilishdir”, dedi Yashin.

“Vladimir Putin, dedi yana muxolifatchi, Shimoliy Kavkazga har daqiqada portlashi mumkin bo‘lgan bomba o‘rnatdi va bu har qanday siyosiy bo‘hron oqibatida Chechenistonda uchinchi urushga aylanib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun – vaziyat hozircha to‘la izidan chiqmaganiga aminman – Rossiya milliy xavfsizligi tahdid bo‘lgan bu holat bartaraf etilishi lozimdir”.

Илья Яшин Қодировнинг шахсий армияси ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00

Yaishnning 65 sahifalik "" hisobotida Qodirov o‘ziga tobe’ bo‘lgan “Chechen xalifaligi”da hukmronlik qilayotgani ta’kidlanadi. Unda “hashamga cho‘kkan” Qodirov “shariat qonunlari Rossiya qonunlaridan ustun qo‘yadi va o‘ziga bo‘sunadigan harbiy salohiyatni yaratmoqda”, deyiladi hujjatda.

“Yildan yilga Qodirovning o‘z mustaqilligi to‘g‘risidagi ishonchi kuchayib bormoqda va u federal hukumat bilan gaplashishda surbetligi ham oshib bormoqda”, deyiladi yana hisobotda.

Илья Яшин Чеченистондаги коррупция ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:41 0:00

To‘qqiz bobdan iborat hisobot Qodirovning Chechenistonda avtoritar hukmronlik o‘rnatganidan tortib, uning shaxsiy hashamga berilgani va federal byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishi xususidagi iddaolari, Qodirovning 30 ming jangchidar iborat “shaxsiy armiyasi”, uning uyushgan jinoyatchilik bilan aloqalari, muxolifatchi Boris Berezovskiy va jurnalist Anna Politkovskaya qotilliklariga aloqasi hamda xorijda terrorchilarni moliyalashi kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.

Unda 2013 yil aprel oyida Boston marafonida sodir etilgan terrorchi harakat Rossiya siyosatchilari tarafidan qoralanganiga qaramasdan, Qodirov portlashlar AQSh maxfiy xizmatlari tomonidan uyushtirilgani, aka-uka Sarnaevlar esa “fitnaning qurbonlari” bo‘lgani to‘g‘risida ochiqchasiga iddao qilgani eslatiladi.

Qodirovning “shaxsiy armiyasi” to‘g‘risidagi bobida, jangchilar harbiy formasida davlat belgilari emas, Qodirovning initsiallari tushirilgani, ular shaxsan chechen yetakchisiga bay’at keltirishi qayd etiladi.

Hisobotda Qodirovning armiyasi Rossiyaning sharqiy Ukrainadagi yashirin interventsiyasida asosiy rol o‘nagani ham ta’kidlanadi.

Qodirov hisobot muallifi Yashin bilan suhbatlashishdan bosh tortgani bois, uning oxirgi qismida javobsiz qolgan 20 savol keltiriladi.

Moskvadagi matbuot anjumani oldidan Qodirov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hisobot nusxasini e’lon qilib, unga “safsatadan boshqa narsa emas”, deya munosabat bildirdi.

Matbuot anjumani paytida Yashinning chiqishi muntazam tarzda bo‘linib turdi. Noma’lum bir shaxs unga qarata qalbaki dollarni irg‘itdi. Yana bir norozi Yashinga qarab bostirib kelayotgan edi, uni qo‘riqchilar tashqariga olib chiqib ketishdi.

Matbuot anjumani kuchaytirilgan xavfsizlik choralari vaziyatida o‘tkazildi. Binoga kirayotgan har bir jurnalist sinchkovlik bilan tekshirildi.

XS
SM
MD
LG