Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:48

Obama Guantanamo qamoqxonasini yopish rejasini taqdim qildi


AQSh prezidenti Barak Obama 2002 yilda ochilgan Guantanamo qamoqxonasini yopish rejasi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi. Rejaga ko‘ra, qamoqxonada qolgan 91 mahbusning 60ga yaqini AQSh qamoqxonalariga ko‘chiriladi va qolgani esa boshqa davlatlarga jo‘natiladi. Bu reja mamlakat byudjeti uchun 290 million AQSh dollaridan 475 million dollargacha tushishi mumkinligi aytilmoqda.

Seshanba kuni Pentagon rahbariyati AQSh Kongressiga Guantanamo qamoqxonasini yopish bo‘yicha anchadan buyon kutilayotgan hisobotni taqdim qiladi.

Taqdimot oldidan matbuotga so‘zlagan AQSh prezidenti Obama bu qamoqxona ayni paytda mamlakat xavfsizligini ta’minlash o‘rniga, unga tahdid solayotganini aytdi.

Obamaga ko‘ra, bundan tashqari, bu qamoqxonaning bir yillik ta’minoti ham qimmat - 85 million AQSh dollariga tushmoqda.

Qamoqxona 2002 yilda o‘sha paytdagi prezident Jorj Bush tomonidan Afg‘onistondagi urush vaqtida asr olingan mahkumlarni saqlash uchun ochilgan. Bu yerdagi mahkumlar AQSh fuqarolari ega bo‘lgan ko‘plab huquqlardan mahrum etilgan va ko‘pchiligi ayblovsiz, hukmsiz saqlangan.

O‘z vaqtida 780 mahbus saqlangan qamoqxonada hozirga kelib 91 mahkum qolgan. Bulardan 60 ga yaqini o‘ta xavfli jinoyatchi hisoblanadi.

Qamoqxona yopilgan taqdirda Obama bu mahbuslarning AQSh hududidagi boshqa qamoqxonalarga o‘tkazilishini ta’minlashi lozim. Hozircha, mahbuslarning 35 nafari boshqa davlatlarga ko‘chirilishi, qolganlari AQShdagi 13 ta qamoqxonaga taqsimlanishi aytilmoqda.

Hisobotda xavfli mahbuslarni boshqa qamoqxonalarga ko‘chirish va qamoqxonani yopish uchun sarf-harajat miqdori 290 million AQSh dollaridan 475 million dollarga tushishi mumkinligi aytilgan.

Prezident Obama Oq Uyga kelganidan buyon bu qamoqxonani yopishini aytib keladi, ammo Kongress bu rejani ma’qullamayotir.

XS
SM
MD
LG