Линклар

logo-print

Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan “Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi" Qozog‘iston jurnalistlar ittifoqi raisi va Milliy matbuot klubi rahbari Seyitkazi Mataevning hibsga olinishidan tashvish bildirdi.

“Agar qozoq hukumati Mataev jinoyat qilganini isbotlay olsa, uni qamasin, biroq unday bo‘lmasa, jurnalistlarni asosiz ayblab, bosim ko‘rsatishdan to‘xtasin”, deyiladi xalqaro tashkilot bayonotida.

22 fevral kuni Seyitkazi Mataev bilan birgalikda uning o‘g‘li, “KazTAG” agentligi rahbari Aset Mataev ham qamoqqa olingan. Ular hukumat tomonidan berilgan katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanmoqda. Biroq mahalliy faollar hukumat hech qachon jurnalistlar ittifoqi, Milliy matbuot klubi va “KazTAG” agentligiga pul bermaganini, bu tashkilotlar o‘z faoliyatini o‘zlari moliyalashtirganini aytmoqdalar.

Faollarga ko‘ra, hukumat Mataevni qo‘lga olish ortidan jurnalistlar ittifoqi faoliyatini susaytirishga va so‘z erkinligiga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG