Линклар

logo-print

Estoniyada 21 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan uch kishi Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Estoniya harbiy prokuraturasi 23 fevral kuni ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ular Rossiya maxsus xizmatlariga Estoniya xavfsizlik xizmati, chegarachilari va harbiylarining faoliyati haqida ma’lumotlarni etkazib turganlikda aybdor, deb topilgan.

Royter agentligi esa sudlangan uch kishi kontrabanda bilan shug‘ullanib kelgani haqida xabar tarqatgan. Ularga nisbatan sud jarayoni 2015 yilning oktyabridan 2016 yil fevraligacha yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan.

XS
SM
MD
LG