Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:58

Germaniya byudjetining 2015 yildagi profitsiti 19 millard yevrodan oshdi


Germaniya iqtisodi 2015 yilda rekord darajadagi profitsit bilan yakunlandi. Bu esa Germaniya “Yevropada qat’iy va bosqichma-bosqich iqtisodiy o‘sish” kuzatilayotgan eng yirik davlat bo‘lib qolayotganini anglatadi.

Germaniya statistika boshqarmasining seshanba kuni bildirishicha, mamlakat byudjetining umumiy profitsiti 19 milliard 400 million yevroni tashkil qilgan. Bu esa 1990 yildan beri Germaniya tarixida kuzatilgan eng rekord darajadir.

Profitsit ichki yalpi mahsulotga qiyosan o‘lchanadi. 2015 yilda Germaniya byudjeti profitsiti yalpi ichki mahsulotning 0,6 foiziga teng bo‘lgan. 2014 yilda esa mamlakat byudjeti profitsiti 8 milliard 900 million yevro bo‘lgan, bu esa ichki yalpi mahsulotning 0,3 foiziga teng.

XS
SM
MD
LG