Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:56

IShID Bosniya muftiysiga so‘yish bilan tahdid qildi


Bosniya muftiysi Husayn Kavazovich “Islomiy davlat” guruhi a’zolari tomonidan tahdidlarga uchrayotgani ortidan hukumatdan o‘zini himoya etishni talab qildi.

Bundan avvalroq Bosniya telekanallarida “Islomiy davlat” bayrog‘i ostida so‘zlagan noma’lum shaxs Husayn Kavazovich so‘yilishi to‘g‘risida gapirgan lavha namoyish etilgandi. FTV telekanali ko‘rsatgan lavhada gapirgan odam bosniyalik musulmon Amir Selimovich ekani, u 2014 yildan beri jangarilar safida Suriyada jang qilayotgani aniqlangan.

Bosniya milliy xavfsizlik vaziri Dragan Mektik muftiy hayotiga jiddiy tahdid borligi ortidan hukumat Husayn Kavazovichni qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘rayotganini aytdi.

Bosniya muftiysi ommaviy chiqishlarida “Islomiy davlat” guruhi va janggarilarni tanqid qilib keladi. Bosniya aholisining 4 millioni, ya’ni 40 foizi musulmon.

XS
SM
MD
LG