Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:46

Kerri: Suriyada tinchlik o‘rnatilmasa, AQSh "B rejasi"ni amalga oshiradi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Damashq va Moskva Suriyadagi siyosiy o‘tish davri yuzasidan muzokaralarga jiddiy yondoshuvdan voz kechasa, Vashington “B rejasi”ni ishlab chiqayotganini bildirdi. Kerri “B rejasi” nimalardan iborat ekanini ochiqlamadi.

Senatning tashqi ishlar qo‘mitasida 23 fevral kuni chiqish qilgan Kerri Rossiya haqiqatan ham besh yillik urushning yakunlanishini istashi yoki istamasligi yaqin kunlarda aniq bo‘lib qolishini aytdi.

“Rossiya buni o‘z harakatlari bilan isbotlaydi”, dedi Jon Kerri.

22 fevral kuni AQSh va Rossiya 27 fevral yarim tundan boshlab Suriyadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish yuzasidan kelishuvga erishgan edi. Mazkur kelishuv BMT tomonidan terrorchi deb topilgan guruhlarga nisbatan o‘tkaziladigan harbiy amaliyotlarga taaluqli emas.

Ayni paytda Suriya inson huquqlari observatoriyasi “Islomiy davlat” guruhi Suriyaning Xanashar shahrini bosib olganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG