Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:38

O‘zbekiston pasporti bilan dunyoning 218 mamlakatidan 52tasiga vizasiz borish mumkin


O‘zbekiston fuqarosi pasporti bilan dunyoning 52 mamlakatiga vizasiz borish mumkin. O‘zbek pasporti bu ko‘rsatkich bilan Henley & Partners Visa Restrictions Index reytingida 85 o‘rinni egalladi.

Dunyoning 218 mamlakatidan O‘zbekiston fuqarosi 2016 yilda 52tasiga vizasiz borish imkoniga ega. O‘tgan yili o‘zbekistonlik 54 mamlakatga viza olmasdan safar qilishi mumkin edi. Ya’ni O‘zbekistonning ko‘rsatkichi yomonlashgan va reytingdagi 74 o‘rindan 85 o‘ringa tushirilgan.

Reytingda 200 mamlakatga baho beriilgan bo‘lsa-da, ro‘yxat 104 pog‘onadan iborat ekani inobatga olinsa, 85 o‘rin reyting ostiga yaqin ekanini ko‘rish mumkin.

Fuqarolari vizasiz eng ko‘p mamlakatga bora oladigan o‘nlikdan Germaniya (177), Shvetsiya (176), Finlyandiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya (175), Belgiya, Daniya, Hollandiya va AQSh (174) o‘rin o‘ldi. Germaniya uch yildan beri mazkur reytingda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

O‘zbekistonga Qo‘shni mamlakatlarda Qozog‘iston 71, Qirg‘iziston 79, Tojikiston 84 va Turkmaniston 88 o‘rinni egallashdi.

Reyting oxiridan Pokiston, Iroq va Afg‘oniston kabi mamlakatlar o‘rin oldi.

XS
SM
MD
LG