Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:57

Bellingcat Malayziya yo‘lovchi uchog‘ini urib tushirgan Rossiya harbiylari ismlarini e’lon qildi


Malayziyaning MN17 reysining urib tushirilishi tafsilotlarini taftish etgan mustaqil guruh Hollandiya tergovchilariga taqdim etgan hisobotni oshkor qildi. Qarorgohi Britaniyada joylashgan Bellingcat mustaqil tergov guruhi hisobotida Malayziya havo yo‘llariga qarashli Boeing 777 yo‘lovchi uchog‘ining urib tushirilishiga Rossiya harbiylarining aloqasi borligi aytilgan.

24 fevral kuni ochiqlagan hisobotida Bellingcat guruhi uchoqni urib tushirgani aytiladigan Buk-M1 raketasi haqida bilgan va, ehtimol, uni boshqargan Rossiya armiyasining yuqori mavqedagi zobitlari ismlarini keltirdi.

Bundan avvalgi hisobotida tadqiqotchilar MN17 reysini Rossiya armiyasining 53-aksilraketa mudofaa brigadasi urib tushirganini iddao qilgan edi.

Bugungi hisobotda esa Bellingcat bevosita gumonlanuvchilarni nomma-nom keltirgan.

2014 yilning 17 iyul kuni Amsterdam-Kuala Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan MN17 reysining urib tushrilishi oqibatida uchoqdagi 298 odamning barchasi halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG