Линклар

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari taqiqlangan islomiy guruhga aloqadorlik gumoni bilan 15 nafar ayolni hibsga oldi.

Janubdagi O‘sh viloyati Qorasuv tumanida 24 fevral kuni ushlangan 15 ayol Hizb ut-Tahrir guruhiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, ayollarning yonidan ekstremistik, deb taxmin etilayotgan adabiyot topilgan.

Qirg‘izistonda o‘tgan yil boshidan beri Hizb ut-Tahrir va boshqa taqiqlangan islomiy guruhlarga a’zolikda gumonlanganlarni hibsga olish ko‘lami oshgan.

Qirg‘iziston rasmiylari Hizb ut-Tahrir guruhi Al-Qoyda va “Islomiy davlat” kabi ekstremist guruhlari yoshlarni radikallashtirish maqsadida ishlatadigan strategiyani yoqlashini aytadi.

Markaziy Osiyo mamlaktlari va Rossiyada taqiqlangan Hizb ut-Tahrir guruhi o‘zini tinch maqsadlarni ko‘zlovchi tuzilma sifatida taqdim etadi.

Xalqaro miqyosdagi pan-islomiy tashkilot hisoblangan Hizb ut-Tahrir dunyo musulmonlarini bitta halifalikka to‘plash maqsad qilishini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG