Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:06

Bellingcat Malayziya uchog‘ini urib tushirgan rus harbiylari ismlarini e’lon qildi


Malayziyaning MN17 reysining urib tushirilishi tafsilotlarini taftish etgan mustaqil guruh Hollandiya tergovchilariga taqdim etgan hisobotni oshkor qildi. Qarorgohi Britaniyada joylashgan Bellingcat mustaqil tergov guruhi hisobotida Malayziya havo yo‘llariga qarashli Boeing 777 yo‘lovchi uchog‘ining urib tushirilishiga Rossiya harbiylarining aloqasi borligi aytilgan.

​24 fevral kuni ochiqlagan hisobotida Bellingcat guruhi uchoqni urib tushirgani aytiladigan Buk-M1 raketasi haqida bilgan va, ehtimol, uni boshqargan Rossiya armiyasining yuqori mavqedagi zobitlari ismlarini keltirdi.

Ismlari keltirilgan rus zobitlari "Buk"ni tugmasini bosishga buyruq bergan hamda buyruqni qabul qilib olgan zobit va askarlardir.
Ismlari keltirilgan rus zobitlari "Buk"ni tugmasini bosishga buyruq bergan hamda buyruqni qabul qilib olgan zobit va askarlardir.

Ismlari keltirilgan rus zobitlari "Buk"ni tugmasini bosishga buyruq bergani hamda buyruqni qabul qilib olgani ishonilayotgan zobit va askarlar ekani aytiladi.

115 sahifalik hisobotda MH17 uchog‘ini urib tushirgani iddao qilingan Rossiyaning 53-zenit-raketa brigadasi komandiri, shu brigadaning 2-divizioni zobitlari ismlari bilan birga ular ixtiyoridagi harbiy texnika ro‘yxati keltiriladi.

​Bellingcat guruhi ta’kidicha, uchoq urib tushirilgan paytda 53-zenit-raketa brigadasi komandiri Dmitriy Trunin bo‘lgan, u esa buyruqni brigada komandiri Sergey Mukachyovdan olgan bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida Mukachyov Buk-M1ni harakatga keltirish borasida o‘zicha qaror bermagan, buyruq Rossiya harbiy qo‘mondonligining eng tepasidan kelgan bo‘lishi mumkin, demoqda hisobot mualliflari.

Buk-M1ni harakatga keltirish buyrug‘i Rossiya harbiy qo‘mondonligining eng tepasidan kelgan bo‘lishi mumkin,
Buk-M1ni harakatga keltirish buyrug‘i Rossiya harbiy qo‘mondonligining eng tepasidan kelgan bo‘lishi mumkin,

​Jumladan, Rossiyaning 20-armiyasi, G‘arbiy harbiy okrugining Zenit-raketa harbiy birlashmasi qo‘mondoni Aleksander Zolotov, g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni Anatoliy Sidorov va Rossiya quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va xatto Rossiya Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni. prezident Vladimir Putin ham uchoq halokatiga mas’ul bo‘lishi mumkin.

Bellingcat Rossiya harbiy bo‘linmalari Buk-M1 raketa tizimini Ukraina sharqidagi ayirmachilar ixtiyoriga bergan, degan iddaolarni ham o‘rganib chiqqan, lekin bu extimol haqiqatdan uzoq degan xulosaga kelgan.

Rossiyaning 53-zenit-raketa brigadasi harbiylari.
Rossiyaning 53-zenit-raketa brigadasi harbiylari.

"Buk-M1 raketa tizimi ancha murakkab va qimmat qurol hisoblanadi, shu bois Rossiya bu qurolni tayyorgarlikdan o‘tmagan ayirmachilar qo‘liga berib qo‘yishi imkonsizdir", demoqda Bellingcat guruhi.

Bellingcat ekspert-tadqiqot guruhi ommaga ma’lum axborotlar, video va fotosurtalar asosida tadqiqot olib borib, ularni Internet foydalanuvchilari uchun chop qilib keladi.

2014 yilning 17 iyul kuni Amsterdam-Kuala Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan MN17 reysining urib tushrilishi oqibatida uchoqdagi 298 odamning barchasi halok bo‘lgan edi.

Malayziya yo‘lovchi uchog‘i halokati sabablarini o‘rgangan mustaqil komissiya uchoq "tashqaridan hujumga uchragan" degan xulosaga kelgan.

O‘shanda uchoq Rossiyada ishlab chiqariladigan Buk-M1 zenit-raketasi bilan urib tushirilganligiga ishora qilingandi.

Rossiya Ukraina sharqidagi bo‘lginchilarga qurol-yarog‘, xususan, raketa yetkazib berayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG