Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:54

Buxoriyni o‘ldirish uchun tepkini bosganga 200 ming dollar to‘langan


Turkiyadagi nufuzli Yeni shafak gazetasi esa “Tepkini bosganga 200 ming dollar berildi” degan gapni sarlavhaga chiqardi.
Turkiyadagi nufuzli Yeni shafak gazetasi esa “Tepkini bosganga 200 ming dollar berildi” degan gapni sarlavhaga chiqardi.

Andijonning Shahrixon tumanida tug‘ilgan va Istanbulda Abdullo Buxoriy nomi bilan tanilgan 39 yashar imom Mirzag‘olib Hamidovni o‘ldirgan muhtamal qotillar ustidan borayotgan mahkamada yangi tafsilot ochiqlandi. Bu haqda maqola yozgan Turkiyalik jurnalist taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik tashkilotchisi deya ko‘rilgan Sobir Shukurovning sevgilisi moldovalik Raisa Govani qotilga 200 ming dollar o‘tkazilganini mahkama oldida e’tirof qilgan.

Istanbulning Baqirko‘y tumanidagi og‘ir jazo mahkamasida davom etayotgan sud jarayonida “Tigran Kaplanov” laqabli Umid Aminov qotilliklarni pul bilan ta’minlagan tashkilotchi sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Bu ma’lumotni Baqirko‘y mahkamasi matbuot hizmati Ozodlikka tasdiqladi.

Turkiyadagi nufuzli Yeni Shafak gazetasi esa “Tepkini bosganga 200 ming dollar berildi” degan gapni sarlavhaga chiqardi.

Maqola muallifi Hamdi Qo‘ch o‘g‘li sud-tergov materiallari asoslanib, Shvetsiyadagi Obid Qoriga qarshi suiqasd ishi ko‘rilgan mahkamada ham ismi zikr qilingan “Tigran Kaplanov” laqabli Umid Aminov o‘zbek diniy va dunyoviy muxolifati yetakchilariga qarshi bir nechta suiqasdlar tashkilotchisi ekanligini iddao qildi.

Hamdi Qo‘ch o‘g‘lining aytishicha¸ Istanbulning Zaytunburni mahallasida otib o‘ldirilgan Abdulla Buxoriyning qotili Eldor Aslonga O‘zbekiston MXXsi zobiti deya gumon qilingan Sobir Shukurov tarafidan 200 ming dollar to‘langan.

- Jinoyatdan bir oy avvalroq Antaliyada Sobir Shukurov mullaga o‘k uzgan Eldor Aslon bilan 200 ming dollarga kelishgan. Suiqasd tashkilotchisi "Tigran Kaplanov" laqabli Umid Aminov qotilning sevgilisi hisob raqamiga 200 ming dollarni bir nechaga bo‘lib jo‘natgani tafsilotlari va isbotlari mahkamada o‘rtaga chiqdi,- deydi jurnalist.

Hamdi Qo‘ch o‘g‘li iddaosiga ko‘ra¸ o‘tgan yili suiqasdni uyushtirish uchun 20 kishilik guruh Rossiya va Ukrainadan Turkiyaga kelgan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu guruhga oidligi hamda qotillik buyurtmachisi deya gumon qilingan va yonidan O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi chiqqan 30 yashar Sobir Yoqubovich Shukurov 35 yashar turkiyalik Eldor Aslanni yollagan:

- U qotillikda gumonlanayotgan Sobir Shukurov bilan qotillik yuz berganidan uch yarim oy oldin tanishganligini aytdi. Ularni Sulton degan kishi tanishtirgan¸- dedi suhbatdosh.

Turkiyalik jurnalist Hamdi Qo‘ch o‘g‘li taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra¸ 2014 yilning 14 noyabri kuni Sobir Shukurov Antaliyaga uchib kelib, Eldor Aslan bilan uchrashgan va mashina kira qilib, birgalikda Anqaraga kelishgan.

Sobir Shukurovga oid haydovchilik guvohnomasi
Sobir Shukurovga oid haydovchilik guvohnomasi

Sobir Shukurovni boshqargan “Misha” kim?

Istanbuldagi terrorizmiga qarshi kurash boshqarmasi xodimining o‘z tasarrufidagi ma’lumotlarga tayanib Ozodlikka aytishicha¸ Sobir Shukurov Turkiyada ekanligida Viber tarmog‘i vositasida doimo “Misha” ismli kishi tarafidan boshqarilib turilgan:

- Buni bizga Eldor aytdi. Uning aytishicha Sobir Shukurov Anqarada ekanligida “Misha” bergan bir nechta manzilga borishgan. Sobir “Misha” farmoyishlarini Viber tarmog‘i vositasida olib turgan. Sobir va Eldor sirli boshqaruvchi istagiga ko‘ra Anqaradan Antaliyaga qaytishgan. To‘rt kun Antaliyada bo‘lgach, Istanbulga borish buyrug‘i kelgan. Ularning yonlarida Qurbon degan shaxs ham bo‘lgan¸ ammo u Qozog‘istonga qaytib ketgan. Mashinadagi GPS uskunasidagi bilgilar Eldor ifodasini tasdiqladi. Ular Istanbulning Tuzla mavzesida o‘zbekistonlik siyosatchi (Muhammad Solih nazarda tutilmoqda) yashaydigan villa atrofiga bir necha marta borishgan. Villadagi nazorat kamerasi ham ularning tashrifini qayd qilgan¸ deydi suhbatdosh.

Turkiyalik jurnalist Hamdi Qo‘ch o‘g‘li taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra¸ Sobir Shukurov va Eldor Aslan uch marotaba Muhammad Solih yashaydigan villa oldiga borgan.

Mashinadagi GPS uskunasidagi bilgilarga ko‘ra¸ Sobir Shukurov va Eldor Aslan o‘zbekistonlik imom Mirzag‘olib Hamidov faoliyat yuritadigan Istanbulning Zaytunburni mavzesida joylashgan madrasani ham borib ko‘rishgan.

Istanbuldagi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimiga ko‘ra¸ Eldor Aslan va Sobir Shukurov videokameralarga chap berish uchun pastqam yo‘llardan yurishgan:

- Eldorning aytishicha¸ ular 8 kun davomida Istanbulda kuzatish ishlarini olib borishgan. Sobir Shukurov shaharning Tuzla mahallasida Solih yashaydigan villani bir necha marta suratga olgan. 2014 yilning 8 dekabr kuni Sobir Shukurov to‘q rangli sumkaga ustida gruzin tilida yozuvlar yozilgan qora rangli pistoletni solib¸ uni 27 yoshli chechen millatiga mansub Ukraina fuqarosi Zelimxon Maxtievga bergan. Ular o‘z orasida Maxtievni “Maga” deb atashgan. Bu voqeadan bir kun oldin Sobir Shukurov “Misha” bilan gaplashgan.

Shukurovning Misha bilan suhbatda “Bu ishni “Maga” bajaradi" deganini Eldor eshitgan.

Eldor Aslanning tergovda bergan ko‘rsatmalaridan iqtibos keltirgan zobitga ko‘ra¸ Sobir Shukurov “Misha” degan sirli boshqaruvchi farmoyishiga ko‘ra¸ Istanbulda istiqomat qiluvchi o‘zbek imom Mirzag‘olib Latifovich Hamidovga suiqasdni tashkillashtirgan.

Istanbuldagi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining gumon qilishicha, Sobir Shukurov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida ishlagan bo‘lishi mumkin.

Sobir Shukurov O‘zbekiston fuqarosi Hamidovning o‘ldirilishini tashkil qilganlikda ayblanmoqda.

Andijonning Shahrixon tumanida tug‘ilgan 39 yashar imom Mirzag‘olib Latifovich Hamidov 2014 yil oxirida Istanbulda otib o‘ldirilgan edi.

Istanbuldagi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi zobiti oldingi suhbatimizda "Qotillik izlari O‘zbekiston va Rossiyaga olib bormoqda", deya ta’kidlagan edi.

Lekin suhbatdoshimiz O‘zbekiston va Rossiyadagi aynan qaysi doiralar qotillikni buyurganini aniqlashtirmagan edi.

Andijonning Shahrixon tumanida tug‘ilgan 39 yashar imom Mirzag‘olib Latifovich Hamidov 2014 yil oxirida Istanbulda otib ketilgandi.

XS
SM
MD
LG