Линклар

O‘zbekistonda joriy yilda mashhur kompozitor Mutal Burxonovning yuz yillik yubileyi tantanali ravishda nishonlanadi. Bu haqda chorshanba kuni O‘zA xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Gimni musiqasining muallifi Mutal Burxonovning yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlar mahallalarda, o‘quv muassasalarida, harbiy qismlarda, tashkilot va qorxonalarda o‘tkaziladi.

Mutal Burxonov xalq orasida sevimli bo‘lgan “Maftuningman” filmidagi musiqalarning muallifi hisoblanadi.

Bundan tashqari uning o‘nlab qo‘shiqlari shu kungacha kuylab kelinmoqda. Uning simfonik asarlari esa nafaqat O‘zbekiston, balki jahon klassik muzikasi oltin fondiga kiritilgan.

Mutal Burxonov maqomni qayta tiklash ishiga alohida e’tibor bergan, biroq Sovet Ittifoqi mulozimlari kompozitiorning bu faoliyatini keskin tanqid qilib, uni obro‘sizlantirishga harakat qilgan. Biroq Mutal Burxonov maqom yo‘nalishidagi faoliyatini to‘xtatmagan.

Mutal Burxonov 2002 yilda vafot etgan.

XS
SM
MD
LG