Линклар

Rossiya va Ukraina bugundan boshlab avtomobilda tranzit yuk tashish yuzasidan joriy etilgan cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda Interfaks agentligiga Rossiya transport vaziri o‘rinbosari Nikolay Asaul ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, cheklovni bekor qilishni Rossiya taklif etgan, Ukraina tomoni bu taklifni qabul qilgan.

Rossiya transport vazirligi ukrainalik faollar rus yuk tashuvchi avtomashinalarining Ukraina hududidan harakatlanishiga halaqit berayotgani ortidan 14 fevralda Ukraina yuk mashinalarining Rossiya hududida harakatlanishini taqiqlagan edi. Ukraina hukumati Rossiyaning bu qarorini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga rioya qilmaslik sifatida baholagan.

Bunga qadar Ukrainadan tranzit bilan O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari olib kelayotgan o‘nlab yuk mashinalari Rossiya hududida ushlab qolingan edi.

XS
SM
MD
LG