Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:21

Nazarboev Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati kelajagiga ishonch bildirdi


25 fevral kuni Ostonaga kelgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi Tigran Sarkisyan bilan uchrashgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev mazkur ittifoqqa kirgan davlatlar iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotganini e’tirof etdi.

Shunga qaramay¸ Nazarboev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan davlatlar iqtisodiy imkoni va bozor ko‘lami kattaligi uchun bunday integratsiya o‘z samarasini berajagiga ishonch bildirdi.

Rossiya¸ Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida imzolanilgan Bojxonalar ittifoqi asosida tashkil etilgan Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati rasman 2015 yil yanvaridan ish boshladi va unga Armaniston va Qirg‘iziston ham qo‘shildi.

Tahlilchilarga ko‘ra¸ Rossiya prezidenti Vladimir Putin mazkur tuzilma vositasida Moskvaning sobiq SSSR hududidagi ta’sirini saqlab qolish va bu hamjamiyat orqali o‘zini YeI va NATOga qarshi kuch sifatida taqdim etishga urinmoqda.

XS
SM
MD
LG